Birinchi murojaaтdan tayyor mahsulotgacha — har bir bosqich shaffof, aniq va oldindan ma'lum. Hech qanday kutilmagan narsa yo'q.
Telegram yoki forma orqali murojaat qilasiz. 1-2 soat ichida javob beraman. Bepul 30 daqiqalik suhbatda loyihangizni tushunaman.
Loyihani chuqur tahlil qilaman. Texnik topshiriq (TZ) tuzaman — nima qilinadi, qanday qilinadi, qachon tayyor bo'ladi.
Shartnoma imzolangach 50% avans to'lanadi. Payme, Click, Uzcard yoki USDT. Ish shu kuni boshlanadi.
Loyiha ustida ishlash jarayonida har kuni yoki har 2 kunda progress ko'rsataman. Siz har doim nima bo'layotganini bilasiz.
Tayyor loyiha sizga test uchun beriladi. Barcha xatolar va tuzatishlar bepul amalga oshiriladi.
Loyiha topshiriladi, qolgan 50% to'lanadi. Topshirishdan keyin 2 hafta bepul texnik yordam.
Kelishilgan muddatda topshiraman. Kechikish bo'lsa — har kechikkan kun uchun chegirma.
Topshirishdan oldin to'liq test. Xato topilsa — bepul tuzataman. Sifatsiz ish topshirmayman.
Loyihangiz haqidagi ma'lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi. NDA imzolashga tayyorman.
Loyiha davomida har doim aloqadaman. 1-2 soat ichida javob beraman. G'oyib bo'lmayman.